“AMIR TEMUR — BUYUK SARKARDA VA ADOLAT HUKMDORI” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Amir Temur — buyuk sarkarda va adolat hukmdori” mavzusida o’tkazilgan ma’rifiy tadbirda Iqtisodiyot fakulteti dekani Gulasal Madraximova, To’qimachilik muhandisligi fakulteti dekani Oybek Ortiqov, Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti dekani Sarvarjon Patxullayev hamda Dizayn va texnologiyalar fakulteti dekani Akmal Toshev ishtirok etdi.
Talaba-yoshlar qalbida milliy tariximizga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda institute talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Amir Temur hayoti va faoliyatining muhim jihatlari badiiy tarzda yoritildi.