“ILM QIYOFASIDAGI AYOL” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasi turibdi. Ayniqsa, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularni ilm-fan, innovatsiya va boshqaruv sohalariga keng jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ilm qiyofasidagi ayol” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gulasal Madraximova oliy ta'lim muassalaridagi ko'p yillik mehnati hamda o'z xizmat vazifalariga bo'lgan sadoqati uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.