03:47 Juma 13 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Institut jamoasi “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

11.02.2026
24

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 11-fevral kuni o’tkazilgan mazkur tanlovda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining teatr jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bellashuv jarayonida talaba-yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, ijodiy g‘oyalarini taqdim etish hamda intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jamoaning sahna chiqishlari va badiiy talqini hakamlar hay’ati tomonidan ijobiy baholandi.

Ushbu natija institutda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy rivoji, ijodiy faolligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.

G‘olib jamoani tabriklab, kelgusidagi tanlov va ijodiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?