ISHGA JOYLASHISH VA KELAJAK REJALARI MUHOKAMA QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 4-bosqich talabalari ishtirokida ochiq suhbat tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda bitiruvchi talabalarning ishga joylashish masalalari, kasbiy rivojlanish yo‘llari hamda kelgusi rejalari muhokama qilindi. Talabalar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga atroflicha javob berilib, ularga amaliy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida Osonish.uz platformasi imkoniyatlari ham batafsil tushuntirildi. Mazkur platforma ish topishning eng oson va tezkor yo‘llaridan biri bo‘lib, foydalanuvchilarga bir necha daqiqada rezyume joylashtirib, minglab ish beruvchilar e’tiboriga tushish imkonini yaratadi.
Platformada doimiy, vaqtinchalik hamda masofaviy ish o‘rinlari jamlangan bo‘lib, har bir foydalanuvchi o‘ziga mos ishni oson topishi mumkin.
Ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishning bir necha qulay usullari mavjud: telefon raqami orqali, OneID yoki Face ID orqali tezkor ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning kelajak faoliyatiga yo‘naltiruvchi muhim fikrlar bilan boyitildi.