05:28 Chorshanba 04 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“KELAJAK MUHANDISLARI” XALQARO FESTIVALIGA TAYYORGARLIK AVJIDA

27.02.2026
10

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Dron texnologiyasi ko’nikmalari bo’yicha ta’lim beruvchi bepul oʻquv kursi haqida e’lon (https://t.me/ttysi_uz/11049) berilgan edi.

Kuni kecha, Yoshlar akademiyasi, xususan, Yosh muhandislar maktabida dronlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar boʻlib oʻtdi.

Ushbu mashg‘ulotlar doirasida yangi tuzilayotgan Dron terma jamoasi a’zolari dronni boshqarish, parvoz jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha dastlabki amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.

Joriy yilning aprel oyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festival doirasida quyidagi yo‘nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, aviatsiya, agro texnologiyalar, mashinasozlik, robot, yashil energetika, chip dizayni, arxitektura, tibbiyot hamda energetika muhandisligi yo’nalishlarida o’tkaziladi.

Eslatib o’tamiz, institutda tashkil etilgan mazkur bepul oʻquv kursini muvofaqiyatli oʻzlashtirgan talabalar Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi yoʻllanmasi bilan Inno Texnoparkda oʻqitiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?