KITOBLAR YARMARKASI O’TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda kitob-savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Kitob – insonning eng yaqin dо‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bо‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mо‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, о‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi о‘rtasida kitob о‘qishga qiziqishni oshirish maqsadida, institut Axborot-resurs markazi hamda “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda o’tkazilgan kitob-savdo yarmarkasida о‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishish vax arid qilish imkoniga ega bo’lishdi.