"KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI" MAVZUSIDA NAVBATDAGI PROFILAKTIK TADBIR TASHKIL ETILDI
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid” – davtlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev
Toshkent tuqimachilik va engil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakultetida "Talabalar xavfsizlik kuni" munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash va borada talabalarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish orqali sog‘lom ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.