"LIDERLAR KITOBI” MUHOKAMA QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida faoliyati yo’lga qo’yilgan “Lider qizlar akademiyasi” a’zolari “Liderlar kitobi” mazmun - mohiyatini muhokama qildilar.
Institutning Iqtisodiyot fakulteti dekani Gulasal Madraximova, Xotin - qizlar kengashi raisi, “Olima ayollar” uyushmasi raisi hamda xotin - qizlar bilan ishlash bo‘yicha psixolog ishtirok etgan uchrashuvda asarda ilgari surilgan liderlik fazilatlari, shaxsiy rivojlanish, maqsad sari qat’iyat bilan intilish kabi muhim g‘oyalar tahlil qilindi.
Yoshlarning liderlik salohiyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan muhokama jarayonida lider qizlar o‘z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib, kitobdan olgan xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar.