07:34 Chorshanba 02 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Mavlon Shukurzoda xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv

28.01.2025
15

2025-yil 28-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida taniqli jurnalist, yozuvchi, diplomat, institut bitiruvchisi va yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Yuldashev Mavlon Shukurovich (Mavlon Shukurzoda) xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mavlon Shukurzoda o‘z hayoti davomida 1000 dan ziyod hikoya, ocherk, asar, maqola va intervyular yaratgan. U O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan, shuningdek, AQSh, Turkiya, Angliya va boshqa davlatlarda samarali faoliyat ko‘rsatgan.

Uchrashuv davomida ssenarist Boris Rahimovich Babaev boshchiligidagi ijodkorlar tomonidan tayyorlangan “Mavlon Shukurzoda. Barchasi shu inson to‘g‘risida…” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Mazkur uchrashuv buyuk shaxs xotirasini yodga olish, uning hayoti va faoliyatidan ilhom olish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?