02:52 Dushanba 30 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“MAʼRIFAT DARSLARI” OʻTKAZILDI

25.02.2026
60

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-oʻqituvchilar tomonidan “Kelajak soati” rukni ostida “Bir yaxshilik haqida” mavzusidagi “Maʼrifat darslari” oʻtkazildi.

Talabalarda ezgulikka intilish, atrofdagilarga befarq boʻlmaslik, yaxshilik qilish orqali hayotni yanada goʻzal qilish gʻoyalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Maʼrifat darsi” davomida talabalar bilan yaxshilik qilish, insonparvarlik, mehr-oqibat, oʻzaro hurmat va saxovat kabi ezgu fazilatlar haqida suhbat olib borildi. Har bir kichik yaxshilik jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi taʼkidlandi.

Talaba-yoshlar oʻz hayotlarida qilgan yaxshiliklari haqida fikr bildirdilar, hayotiy misollar keltirdilar hamda yaxshilikning inson kamoli va tarbiyasidagi oʻrni haqida mulohaza yuritdilar. Dars interaktiv usullarda tashkil etilib, savol-javoblar, fikr almashuvlar va tarbiyaviy hikoyalar asosida boyitildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?