MALAYZIYA XALQARO MADANIY KOMUNIKATSIYA MARKAZI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Malayziya xalqaro madaniy komunikatsiya markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan uchrashuvda Malayziya xalqaro madaniy komunikatsiya markazi bosh direktor o‘rinbosari Benjamin Leong va Xalqaro Transmilliy ta’lim assotsiatsiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Nasridini Asliddin, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv yakunida O‘zaro tushunish memorandumi imzolandi, bu esa o’z navbatida, birgalikdagi ta’lim va ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar uchun zamin yaratadi.