03:12 Seshanba 27 Yanvar 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

MILLIY SPORT TURLARI BO‘YICHA MUSOBAQALAR TASHKIL ETILDI

20.01.2026
522

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining sport zalida “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida bir qator tadbir tashkil qilib borilmoqda.

Kuni kecha, talaba-yoshlar o‘rtasida “Sport va milliy oʻyinlar festivali” doirasida milliy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazildi.

Milliy sportning “Arqon tortish” va “Tosh ko‘tarish” turlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilib, unda institut talabalari faol ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, milliy sport an’analari va qadriyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida o’tkazilgan musobaqalar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch, chaqqonlik, bardoshlilik va jamoaviy hamjihatlik qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?