“NASHRDA SIFAT: ILMIY MATNNI PROFESSIONAL DARAJADA TAHRIR QILISH SIRLARI” MAVZUSIDA MASTER-KLASS O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilmiy salohiyatni oshirish, tadqiqotchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash madaniyatini yuksaltirish maqsadida kafedralarning ilmiy mas’ullari, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
18-fevral kuni “Innovative Academy” MCHJ direktori Dildora Akbarova tomonidan “Nashrda sifat: ilmiy matnni professional darajada tahrir qilish sirlari” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ilmiy maqola va ishlanmalarni nashrga tayyorlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, matn tuzilmasi, ilmiy uslub, havolalar bilan ishlash hamda professional tahrirning muhim tamoyillari atroflicha yoritildi.
ishtirokchilarga ilmiy matnlarni professional darajada tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berib, institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mashg’ulotda ishtirok etgan institut prorektori Nodir Mirzayev ilmiy faoliyatda sifatli nashrlarning ahamiyati, xalqaro ilmiy bazalarda e’tirof etiladigan maqolalar tayyorlash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.