Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi
Navoiy viloyatida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish va Sharq uyg‘onish davri madaniyatini chuqur tadqiq etishga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, tarixchilar hamda yosh tadqiqotchilar, shuningdek institutimizning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etib, Navoiy ijodiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni yuzasidan qimmatli ma’ruzalar taqdim etdilar.
Unda “Alisher Navoiy asarlarining zamonaviy talqini”, “Sharq renessansi madaniyati va ilm-fani”, “Navoiy ijodining jahon adabiyotiga ta’siri”, “Buyuk mutafakkir g‘oyalarining bugungi kundagi ahamiyati” singari dolzarb mavzular muhokama qilindi.