04:55 Dushanba 19 Yanvar 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

OLIYGOHLAR O’RTASIDA SPORT MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

14.01.2026
59

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida institut oliygohlar o‘rtasida o’tkazilgan voleybol sport musobaqasiga mezbonlik qildi.

13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy Nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda mezbon institut jamoalari ishtirok etdilar.

“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida murosasiz va qizg‘in kechgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Toshkent amaliy fanlar universiteti jamoasi 2-o‘rin, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi esa faxrli 3-o‘rin bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?