06:04 Chorshanba 04 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

OTA-ONALAR ISHTIROKIDA GIYOHVAND VOSITALARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

29.01.2026
35

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik davra suhbati ota-onalar ishtirokida o’tkazildi.

“Bolani qanday himoya qilish kerak” mavzusida institutda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalar ishtirokida 29-yanvar kuni davra suhbati bo’lib o’tdi.

Professor-oʻqituvchilar, Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumani IIOFMB mutaxassislari tomonidan giyohvandlikning yoshlar hayotiga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri, uning oldini olish yoʻllari, oilada farzandlar bilan ishlashning ahamiyati hamda giyohvandlikka qarshi kurashda ota-onalar va taʼlim muassasalarining hamkorligi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning turli koʻrinishlari, unga olib keluvchi sabablar va uning oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalar berib oʻtildi. Farzandlarning ruhiyatini tushunish, ular bilan ochiq muloqot oʻrnatish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda har qanday muammolarida ularga tayanch boʻlish eng muhim omillar ekanligi taʼkidlandi.

Yigʻilish ishtirokchilari bu kabi tadbirlarning davomiyligini taʼminlash va hamkorlikda olib boriladigan ishlarni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?