OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI G֥‘OLIBLARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti Kengashining navbatdagi yig'ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2026-yil 2-fevraldagi 34-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari g֥‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan Sanoat texnologiyalari va mexanika muhandisligi fakulteti 4 kurs talabasi Zokirjonova Dilobarxon Zoirbek qizi;
Islom Karimov nomli stipendiya g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan Dizayn texnologiyalari fakulteti 4 kurs talabasi Tosheva Shaxodatobonu Akaml qizi hamda Sanoat texnologiyalari va mexanika muhandisligi fakulteti 4 kurs talabasi Hamidullayeva Sevara Odiljon qizi;
Beruniy nomli stipendiya g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan Dizayn va texlogiyalar fakulteti 4 kurs talabasi Jononova Shaxzoda Fozil qizi hamda To‘qimachilik muhandisligi fakulteti 4 kurs talabasi Tohirova Husnora Nurillo qizi Sertifikat bilan taqdirlanadilar.