15:54 Chorshanba 24 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR VA TALABA” UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

19.12.2025
33

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Talabalar turar joyida “Rahbar va talaba” mavzusida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Uchrashuvlar davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar olib boriladi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilmoqda.

Kuni kecha, institut prorektori Ismailjon Bulonov hamda institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, fakultet mas’ullari, Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan talabalar turar joylarida navbatdagi uchrashuvlar o’tkazildi.

Uchrashuv jarayonida talabalarga “Ichki tartib-qoidalari” hamda “Odob-axloq kodeksi” talablariga doimiy rioya qilish, tartib-intizomga qat’iy amal etish zarurligi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va ular bilan rahbariyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga qaratilgan mazkur yo’nalishdagi uchrashuvlar davom etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?