🔊
04:31 Juma 01 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“REKTOR KUBOGI–2026”: TO'QIMACHILIK MUHANDISLIGI FAKULTETI JAMOASI FUTZAL BO’YICHA BIRINCHILIKNI QO’LGA KIRITDI

24.04.2026
10

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Rektor kubogi–2026” sport musobaqalari davom etmoqda.

Musobaqalar doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida futzal (mini futbol) turi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

Yakuniy natijalar esa, quyidagicha:

🥇1-o‘rinni To'qimachilik  muhandisligi fakulteti jamoasi

🥈2-o‘rinni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti jamoasi

🥉3-o‘rinni Dizayn va texnologiyalar fakulteti jamoasi egalladi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka jalb etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan o‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?