06:21 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR TURAR JOYIDA DAVRA SUHBATLARI BO’LIB O’TDI

03.02.2026
18

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, talabalar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilib, ularning kundalik hayoti, ta’lim jarayoniga moslashuvi va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Institut prorektori Mamarasul Xudoykulov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Shuxrat Xushvaqtov hamda fakultet dekanlari tomonidan talabalarning ijtimoiy holati, shaxsiy xavfsizligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan navbatdagi davra suhbatlari o'tkazildi.

Unda, talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?