02:52 Dushanba 30 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIGA OLIB BORILDI

27.02.2026
35

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi tadbir davlatimiz rahbarining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Farmon bilan tasdiqlangan Amaliy harakatlar milliy dasturida narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishish maqsadida o‘quvchi va talabalarning jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 26-fevral kuni Yashnobod tumanida joylashgan 51-son manzil-koloniyasiga institut talabalari tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida talabalar jazoni ijro etish muassasasining faoliyati, mahkumlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning mehnat faoliyati, kasb-hunarga o‘rgatish jarayonlari hamda tarbiyaviy ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutasaddi xodimlar tomonidan muassasaning asosiy vazifalari, jazo ijrosining tartibi, mahkumlarni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, koloniya tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida giyohvandlik va narkojinoyatlarning og‘ir oqibatlari, bu illatning inson taqdiri, oilasi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida hayotiy misollar asosida ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlar jinoyat yo‘liga kirishning achchiq oqibatlari, erkinlikning qadr-qimmati va qonunga hurmat masalalarini chuqur anglab yetdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?