TALABALAR TURAR JOYIDA DAVRA SUHBATLARI BO’LIB O’TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, talabalar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilib, ularning kundalik hayoti, ta’lim jarayoniga moslashuvi va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
22-yanvar kuni, talabalarning ijtimoiy holati, shaxsiy xavfsizligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan navbatdagi davra suhbatlari bo’lib o’tdi.
Unda, talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.