TALABALAR TURAR JOYIDA “YOSHLAR KUNI” HAQIQIY BAYRAMGA AYLANDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida tashkil etilgan “Yoshlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruh, samimiy muhit va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi.
Bayram doirasida turli madaniy chiqishlar, qiziqarli tanlov va musobaqalar, ijodiy namoyishlar hamda interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratildi.
“Yoshlar kuni” talabalar turar joyida nafaqat madaniy tadbir, balki talaba-yoshlarning birligini, ijodkorligini va tashabbuskorligini namoyon etgan chinakam bayramga aylandi.