Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida talaba-yoshlar ishtirokida “Harbiy vatanparvarlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.Nasimov soʻzga chiqib, talaba-yoshlarga “Parij-2024” yozgi olimpiadasining oltin medal sohibi Abdumalik Xalakov va Mudofaa Vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Toshkent viloyati hududiy boʻlinmasi xodimlarini tanishtirdi va mavzu yuzasidan yoshlarga kerakli tushunchalarni berib o‘tdi.