VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, 14-yanvar kuni Dizayn va texnologiyalar fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlov yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, harbiy xizmatga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Ijodiy ishlar orqali talabalar Vatanga muhabbat, tinchlik, jasorat va milliy armiyamiz salohiyatini badiiy talqin etib, o‘z qarash va his-tuyg‘ularini ifoda etdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular tegishli tartibda taqdirlanishi belgilandi. Tanlov natijalariga ko’ra:
1-o'rinni 25-25-guruh talabasi Ishakova Malika;
2-o'rinni 35-24-guruh talabasi Asqarjonova Fotima, Asqarjonova Zuhra hamda Asqarjonova Xadicha;
3-o'rinni 27-25-guruh talabasi Bo'riyeva Shaxina egalladi.