ISLOM KARIMOV ZIYORATGOHIGA TASHRIF BUYURILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari Islom Karimov ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda buyuk davlat arboblarining ibratli hayot yo‘li bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, davlat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ziyoratgoh hududidagi me’moriy majmua, muzey va ekspozitsiyalar bilan tanishib, yurtimiz mustaqilligi va taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida muhim taassurotlarga ega bo‘ldilar.