🔊
01:44 Chorshanba 29 Iyul 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

DONIYOR PAYG‘AMBAR MAJMUASIGA TASHRIF BUYURILDI

09.05.2026
164

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari Doniyor payg‘ambar majmuasiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, muqaddas qadamjolar hamda milliy va diniy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Doniyor payg‘ambar majmuasining tarixi, uning yurtimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni hamda mazkur maskanning xalqaro miqyosdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, talaba-yoshlar majmua hududidagi tarixiy obidalar va ziyorat maskanlari bilan yaqindan tanishib, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi haqida muhim taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?