15:57 Chorshanba 24 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

XALQARO PROFESSORLAR ISHTIROKIDA “HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLARI” MAVZUSIDA MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI

22.12.2025
21

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yaponiya hamda Xitoy davlatlarining nufuzli ta’lim muassasalari professorlari ishtirokida mahurat darsi o’tkazildi.

22-dekabr kuni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi tomonidan  “Hozirgi zamon ekologik muammolari” mavzusida o’tkazilgan mahurat darsida Yaponiyaning National Institute for Environmental Studies instituti professori Wang Qinxue hamda Xitoyning Institute of Genetics and Developmental Biology instituti professori Yonghui Yang ishtirok etdi.

Mahorat darsi davomida global ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish masalalari hamda ekologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Talabalarning ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirishda xalqaro ilmiy tajribani o‘rganish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadigan omildir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?