“YANGI YIL KARVONI”
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektorlari va bo‘lim rahbarlaridan iborat "Yangi yil karvoni" fakultetlar bo'ylab sayohat qildi.
Tashrif davomida fakultet jamoalari karvon ishtirokchilarini ko‘tarinki bayramona kayfiyatda kutib olib, Yangi yil ruhini aks ettiruvchi, o‘zlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar bilan mehmonlarga iliq taassurot ulashdilar.
Mazkur tashriflar institut jamoasida birdamlik, samimiyat va bayramona muhitni yanada mustahkamlab, Yangi yil arafasida barchaga quvonch va ijobiy kayfiyat bag‘ishladi.