15:58 Chorshanba 24 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“YOSH MUHANDISLAR” MAKTABI DOIRASIDA MAKTABLARGA TARG‘IBOT UCHRASHUVLARI O‘TKAZILDI

18.12.2025
41

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bepul ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yosh muhandislar” maktabi doirasida poytaxtning Yakkasaroy va Olmazor tumanlaridagi umumta’lim maktablariga targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Uchrashuvlarda institutning professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘quvchilarga “Yosh muhandislar” maktabining faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Xususan, Yakkasaroy tumanidagi 135-son, Olmazor tumanidagi 28-, 46- va 159-son umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, ularning muhandislik sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?