YOSHLAR MASALALARI BILAN ISHLASH, MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHALARGA OID REJALAR MUHOKAMA QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yil davomida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Institut o‘qituvchi-professorlari hamda mas’ul rahbar-xodimlari ishtirokida joriy yilda yoshlar masalalari bilan ishlash, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar ko’rib chiqildi.
7-yanvar kuni bo’lib o’tgan muhokamalar davomida belgilangan vazifalarning ijrosi, mas’ul bo‘linmalar faoliyati va kutilayotgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.