“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2026-yil 13–14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham hashar tadbirlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Institut jamoasi hamda talaba-yoshlar atrof-muhitni obodonlashtirish, hududlarni tozalash va yashil maskanlarni tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda birdamlik, hamjihatlik va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.