22:31 Juma 06 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI delegatsiyasi Wensli Group kompaniyasining innovatsion ipak ishlab chiqarishi bilan tanishdi

05.06.2025
34

Chjetszyan Fan va Texnologiya Universiteti (Zhejiang Sci-Tech University) tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy to‘qimachilik materiallari va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturi doirasida Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti (TTYSI) delegatsiyasi Wensli Group kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Wensli Group — an’anaviy ipak matolari va mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tan olingan yetakchi korxonalardan biri bo‘lib, asrlar davomida shakllangan an’analarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiradi. Tashrif davomida delegatsiya ipak qurti yetishtirishdan tortib, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar tayyorlashgacha bo‘lgan ipak ishlab chiqarishning to‘liq sikli bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchrashuv chog‘ida Wensli Group vakillari kompaniyaning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berishdi, ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos jihatlarini batafsil tushuntirishdi hamda ilg‘or texnologiyalarni amaliy namoyish etishdi. Xususan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va zamonaviy bozorda yuqori talabga javob beradigan mahsulotlar yaratishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?