"Dolzarb 90 kunlik loyiha" doirasida kino namoyishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida "Dolzarb 90 kunlik loyiha" doirasida talabalar uchun maxsus kino namoyishi tashkil etildi.
⠀
Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy va zamonaviy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
⠀
Namoyish etilgan kino talabalarda katta taassurot qoldirib, ular orasida jonli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
⠀
Bunday madaniy tadbirlar institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada boyitish, talabalar ongida estetik didni shakllantirishga xizmat qiladi.