HARBIY MARSH YURISH TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun institutimizda “Milliy armiya – bizning sharafimiz va gʻururimiz” shiori ostida harbiy Vatanparvarlik tadbirlari bo’lib o’tdi.
15-yanvar kuni Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tarkibidagi Harbiy orkestr hamda qoʻmondonlik tarkibidagi maxsus jangavor guruh, shuningdek, institutning harbiy kafedrasida tahsil olayotgan talabalar, institutning “Qalqon” guruhi a’zolari tomonidan harbiy marsh yurish tadbirlari o‘tkazildi.
Harbiylarni institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov boshchiligidagi jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib oldilar.