12:01 Shanba 31 Yanvar 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

INSTITUT DELEGATSIYASINING HUANSI INTELLIGENT TECHNOLOGY CO., LTD. KOMPANIYASIGA RASMIY TASHRIFI BO‘LIB O‘TDI

30.01.2026
19

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasining to‘qimachilik sanoati uchun raqamli yechimlar va intellektual texnologiyalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan Xitoyning Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. kompaniyasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Xitoyning Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladi. Ushbu hujjat ta’lim va innovatsiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Imzolangan memorandum professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish, amaliy tajriba almashish, shuningdek, zamonaviy ERP va MES tizimlari hamda smart manufacturing texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishni nazarda tutadi.

Mazkur hamkorlikni amalga oshirish kadrlar tayyorlashda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirishga, real sanoat keyslarini o‘quv dasturlariga integratsiya qilishga hamda to‘qimachilik va yengil sanoat uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?