11:06 Payshanba 05 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI qizlar jamoasi – DXX Kubogi g‘olibi

03.06.2025
33

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida mahallalar o‘rtasida Davlat xavfsizlik xizmati Kubogi uchun qizlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakulteti qizlaridan tashkil topgan futbol jamoasi faol ishtirok etdi va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tantanali taqdirlash marosimida Yakkasaroy tuman hokimi, Davlat xavfsizlik xizmati bo‘lim boshlig‘i, tuman prokurori hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan g‘olib jamoaga qimmatbaho sovg‘alar va medallar topshirildi.

Bu yutuq — nafaqat sportdagi, balki institutimiz talabalari bilim, salohiyat va jamoaviy ruhda yetakchi ekanining yana bir isbotidir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?