11:02 Payshanba 05 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

O‘zbekiston-Koreya texnoparkida matolarni bo‘yash bo‘yicha seminarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi

03.06.2025
27

GUZ partners loyihasi doirasida, Gesamtmasche kompaniyasining qo‘llab-quvvatlashi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ishtirokida matolarni bo‘yash bo‘yicha seminar-treningning birinchi kuni o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston-Koreya texnoparkida bo‘lib o‘tdi va TOM dasturi ishtirokchilarining Germaniyaga safaridan keyingi ta’lim yo‘nalishida muhim bosqichga aylandi.

Seminarda to‘qimachilik sohasining professionallari bir joyda jam bo‘lib, o‘z ko‘nikmalarini oshirish va yangi texnologiyalarni egallashga intildi. Nemis Texoversum kompaniyasining xalqaro eksperti Matias Kohn boshchiligida ishtirokchilar innovatsion mato bo‘yash usullariga chuqur sho‘ng‘ib, nazariy jihatlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘rganishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?