Xalqaro amaliy safar: institutimiz vakillari Xitoyda
Institutimizning 2 nafar talaba va 1 nafar professor-o‘qituvchisi Xitoyning Shansi provinsiyasida bo‘lib o‘tadigan “Taiyuan Cultural Tourism Festival” nomli yozgi maktabda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
Mazkur tashrif doirasida ular Xitoyning boy madaniy merosi, turizm salohiyati bilan yaqindan tanishib, xorijiy ishtirokchilar bilan o‘zaro tajriba almashadilar.
Institutimiz xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirishda davom etmoqda.