06:21 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

10.02.2026
21

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish maqsadida, 10-fevral kuni To‘qimachilik muhandisligi fakultetida, Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Navoilik Alisher hamda Niyatullo Elbek o‘g‘li, shuningdek fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, talaba-yoshlarga Navoiy va Bobur ijodining mazmun-mohiyati, ularning adabiyot va davlatchilik tarixidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

Tadbir davomida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Navoiy va Guli” monologi namoyish etildi. Shuningdek, iqtidorli talabalar Alisher Navoiy g‘azallari hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiylarini ifodali tarzda o‘qib eshittirdilar.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?