Institutimiz xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilmoqda
Bugungi kundagi charm sanoati istiqboli har qachongidan ravshan va porloqdir. Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida ushbu soha rivoji uchun ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
22-may kuni “ERASMUS+” dasturi hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda institutimiz “Charm poyabzal va toʻqimachilik sanoati uchun innovatsion yechimlar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilmoqda. Anjumanning ilk mehmonlari kelib roʻyxatdan oʻtish jarayoni boshlandi.