🔊
11:57 Seshanba 26 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“CULTURAL EXCHANGE DAY” TADBIRI ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANDI

07.05.2026
9

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan “Cultural Exchange Day” tadbiri haqida avval xabar berilgan edi.

Yoshlar kuni munosabati bilan Talabalar turar joyida tashkil etilgan madaniy kecha doirasida mazkur tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talaba-yoshlar taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida ishtirokchilarning millatlararo do‘stlik va madaniy almashinuvni rivojlantirishdagi faolligi, tashabbuskorligi hamda ijodiy chiqishlari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning turli xalqlar madaniyatiga bo‘lgan qiziqishi, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi.

Mazkur taqdirlash marosimi talaba-yoshlarni rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish hamda xalqaro madaniy muloqot muhitini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?