06:21 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“FIKRLAR MARAFONI” BO’LIB O’TDI

06.02.2026
31

Davlatimiz rahbarining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni loyihasining keng jamoatchilik muhokamasini va targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida 6-fevral kuni “Fikrlar marafoni” tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning jamiyat taraqqiyotiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini tinglash, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini chuqur anglashga xizmat qildi.

Marafon davomida ishtirokchilar mamlakat rivoji, mahalla institutini mustahkamlash, yoshlar faolligini oshirish hamda ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirish yuzasidan o‘z qarashlarini bildirdilar.

“Fikrlar marafoni” talaba-yoshlarning fuqarolik faolligini kuchaytirish, ularni jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash hamda ochiq muloqot maydonini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?