07:46 Chorshanba 04 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI MAGISTRATURA TINGLOVCHISI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI BO’LIB O’TDI

30.01.2026
39

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yoshlar oʻrtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Ulugʻbek Xudayberganov hamda institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Shuxrat Xushvaqtov tomonidan 30-yanvar kuni o’tkazilgan suhbatda mavzuga oid bir qator ma’lumotlarga to’xtalib o’tildi.

- Soʻnggi 5 yil davomida kiberjinoyat sifatida eʼtirof etilayotgan holatlar soni 5,7 baravarga ortib, umumiy jinoyatchilikning qariyb 50 foizini tashkil etilganligi, 2025-yil yakunlariga koʻra axborot texnologiyalari sohasida 76 852 ta jinoyatlar sodir etilib, 31 foizga oshib ketgan. Qayd etilgan jinoyatlarning 48 foizi oʻgʻrilik, 47 foizi firibgarlik yoʻli bilan sodir etilib, oxirgi 5 yilda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar 1,9 trln soʻmdan ortiq pul mablagʻlarini tashkil etganini ta’kidladi, podpolkovnik, Ulugʻbek Xudayberganov.

Shuningdek, mazkur turdagi fosh etilgan jinoyatlarni 28 foizi yoki 2 320 nafari aynan yoshlar tomonidan sodir etilganligini qayd etdi.

Institutda yoshlar orasida kiberjinoyat sodir etilishini oldini olish, jumladan raqamli texnologiyalar keng va to’g’ri foydalanish, ma’lumot tarqatish tartibi hamda yoshlar ongida ommaviy axborotlarni to’g’ri (tasdiqlangan) filtrlash borasida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Shuxrat Xushvaqtov o’z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?