"InnoWeek-2024" doirasida Yoshlar akademiyasi assambleyasi o‘tkazildi..
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O.Mahkamov, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi direktori B.Farmonov hamda 40 nafar Yoshlar Akademiyasining oliy ta’lim muassasalaridagi sardorlari, 11 nafar Yoshlar Akademiyasining hududlardagi sardorlari, 40 nafar oliy ta’lim muassasalari fakultet sardorlari va 60 nafar Yoshlar Akademiyasi a’zolari ishtirok etdilar.
Mazkur "InnoWeek-2024" doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar Akademiyasi liderlari faol qatnashdilar!