INSTITUTDA AXBOROT KUNLARI” O’TKAZILMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Axborot - resurs markazida “Axborot kunlari”ning ikkinchi kuni davomida taqdimotlar o’tkazildi.
“Axborot kunlari” doirasida 2025-yil aprel oyidan 2026-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda Axborot - resurs markaziga joylashtirilgan, ijtimoiy fanlar, huquq, iqtisodiyot, texnika, to‘qimachilik va yengil sanoat yo‘nalishidagi 200 ga yaqin nomda yangi adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Iqtisodiyot fakulteti jamoasi ishtirok etgan taqdimotda Axborot - resurs markaziga joylashtirilgan jurnallar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar ro‘yxati hamda institut o‘qituvchilarining mualliflik kitoblarining ro‘yxati bilan tanishtirildi.