INSTITUTDA TONGI BADANTARBIYA MASHG'ULOTLARI BO’lIB O’TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Institut Kengashi yig‘ilishida mazkur masala atroflicha muhokama qilinib, barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazib borish belgilandi.
Shu doirada fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur tashabbusni davom ettirish maqsadida sportning boshqa turlari bo‘yicha ham musobaqalarni tizimli ravishda tashkil etish rejalashtirilgan.
Bu kabi sport tadbirlari jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida doimiy ravishda o’tkazib boriladi.
Institut sport maydonida Iqtisodiyot fakultetining professor - o'qituvchilari ishtirokida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Eslatib o'tamiz, har kuni, talabalar turar joyida institut prorektorlari, fakultet dekanlari hamda jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari ishtirokida tongi badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazib kelinmoqda.