17:32 Chorshanba 24 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“ISTE’DOD” TEATR STUDIYASI JAMOASI GASTROL SAFARIDA

23.12.2025
19

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Iste’dod” talabalar teatr studiyasi jamoasi gastrol safari doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ijodiy chiqish bilan ishtirok etdi.

Talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash hamda o‘tmishdan saboq olish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratildi. Unda qatag‘on qurboni bo‘lgan o‘zbek ziyolisining hayoti va ijodi badiiy talqinda yoritilib, tomoshabinlarga chuqur ma’naviy ta’sir ko‘rsatdi.

Spektakl davomida tomoshabinlar qatag‘on yillaridagi murakkab taqdirlar, ziyolilarning jasorati va millat ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar. Mazkur sahna asari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va iliq munosabat bilan kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Yorug‘ yulduzlar” teatr jamoasi ham xuddi shu mavzuda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari uchun sahna ko‘rinishlarini namoyish etgan edi.

Ushbu ijodiy almashinuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?