🔊
04:31 Juma 01 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

KECHKI TA’LIM TALABALARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

25.04.2026
12

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Iqtisodiyot fakultetida tahsil olayotgan kechki ta’lim talabalari ishtirokida seminar - trening tashkil etildi.

“The Startup Path” mavzusida 24-aprel kuni o‘tkazilgan seminarda UzCombinator hammuassisi hamda UnicornTech vakili - Laylo Ismailova  ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Talabalarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida fikrlashga yo‘naltirish hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan seminarda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish bosqichlari, texnologiya sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar, xalqaro maydondagi yangi istiqbollar hamda innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish yo‘llari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?