"KELAJAKNI MARDLAR, TARIXNI G'OLIBLAR YARATADI"
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari o’rtasida “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi
17-dekabr kuni Iqtisodiyot fakulteti, Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti, Dizayn va texnologiyalar fakulteti hamda To‘qimachilik muhandisligi fakultetlari jamoasi talabalar ishtirokida yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda qat’iyat, mardlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan "Kelajakni mardlar, tarixni g'oliblar yaratadi" mavzusida “Kelajak soati” darslari o’tkazildi.
Dars davomida talabalarga mustaqillik yillarida mardlik, jasorat va fidoyilik namunalarini namoyon etgan shaxslar faoliyati, ularning g‘alaba va taraqqiyot yo‘lidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.